17 apr 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutganmidingiz? Miller doping-testdan o'ta olmadi, Joshuaga qarshi jang bekor qilinishi mumkin
Amerikalik bokschi Jarrel Miller VADA mustaqil antidoping agentligi tomonidan o'tkazilgan doping tekshiruvdan o'ta olmadi.
Uning tahlili ijobiy natija bergan. Miller hozirda WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi chempionlik jangiga tayyorgargik ko'rayotgandi. Bokschining qon tarkibida taqiqlangan GW1516 moddasi aniqlangan.
Bokschidan doping uchun tahlil 20 mart kuni olingan edi. Kecha, 16 aprel kuni esa tahlilning javobi oshkor qilindi. Endi Millerning Joshuaga qarshi chempionlik jangi katta ehtimol bilan bekor qilinadi. Agar haqiqatan ham shunday bo'lib chiqsa, u faoliyatidagi eng katta gonorar - 4,875 mln dollardan mahum bo'ladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar