10 avg 08:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar! Mayk Tayson - Roy Jons jangi sanasi o'zgardi
Amerikalik boks afsonalari - Mayk Tayson hamda Roy Jons o'rtasida o'tkazilishi tasdiqlangan jang sanasiga o'zgartirish kiritildi.
Bu haqida MMA Fighting jurnalisti Mayk Xek "Tvitter"dagi sahifasida xabar berdi. Afsonalar jangi shu yilning 28 noyabr kuni o'tkaziladigan bo'ldi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang 12 sentyabr kuni Kaliforniyada o'tkazilishi elon qilingandi.
Xabarda aytilishicha, tashkilotchilar qo'shimcha daromad ishlab olish maqsadida jang sanasini kechroq muddatga ko'chirishgan. Mayk Tayson so'nggi jangini 2005 yilda o'tkazgan va o'shanda Kevin Makbraydga yutqazib qo'ygandi. Roy Jons esa 2018 yilning fevralida Skott Sigmondan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar