So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

04 jan 08:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Kutilmagan xabar. Qudratillo Abduqahhorovning jangi o'tkazilmaydi

Professional bokschilarimizning 2019 yildagi ishtirokini boshlab berishi kutilgan Qudratillo Abduqahhorovning chempionlik uchuni saralash jangi o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Prof boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz ertaga Malayziyada o'zining navbatdagi muhim jangini o'tkazishi kerak edi. Yaqindagina WBC Silver chempionlik kamaridan voz kechgan charm qo'lqop ustamizning yarim o'rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun saralash jangida ringga chiqishi belgilab qo'yilgandi. 

Aniqrog'i, 25 yoshli Abduqahhorov hamda yaponiyalik 31 yoshli Keita Obara o'rtasidagi jang g'olibi ushbu vazn toifasida IBF chempioni Errol Spensga qarshi ringga ko'tarilish huquqini qo'lga kiritardi. Lekin bu jang endi o'tkazilmaydi. 

Abduqahhorov ayni paytda Toshkentda va u tez orada AQSHga jo'nab ketadi. Bokschimizning bizga xabar berishicha, uning navbatdagi jangi fevral oyida Amerikada o'tkaziladi. Qudratillo dunyoga mashhur promouterlik kompaniyalarining biri bilan shartnoma imzolashi shart. Aks holda mana shunday noprofessional yondashuv davom etaveradi. 

Avvaliga WBC Silver chempionlik kamarini o'z vaqtida himoya qilmagani uchun unvonsiz qoldi. Keyin esa to'laqonli chempionlik kamari uchun jang qilish uchun imkoniyat taqdim etadigan muhim saralash bahsi ham bekor bo'ldi. 

Malumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KOs) professional boksdagi faoliyati davomida 15ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 

Reyting:    

Fikrlar

   
04 jan 12:08:31
Bek
Кутилмаган хабар дейиш сал нотўғри шекилли. Бу айнан кутилган хабар эди аслида. "Эррол Спенс" орзуси хали рўёбга чиқмайди шекилли.
   
04 jan 11:25:50
Dilshot Solihov
Endigina prafitsyanal rinnga qadam qo'yayotgan bo'kischilarimizga zo'r dars bo'pti bu osiyo pramotirlari MALAYZIYANI anu KAREYANI pramotirlari umuman kelajagi yo'q bo'kischini mana shunaqa mavhum holatga obkeb qo'yadi ! Yana hayron qoladigan holat Qudragillani jangiga 1 kun qolganida shu habarni bervosilla admilla oldinroq malumot yo'qmidi iltimos anu Xabib hamda Ko'nir haqida har bitta ovotkan nafasigacha habar berasila o'zimizi bo'kischila haqida ko'pro habar berila iltimos?????????
   
04 jan 10:54:16
JasurBeK
Bu Qudratillo uchun faqat yaxshilikka xizmat qiladi. Top saviyali bokschi bo'lsang-u, promoterlar mashhur bo'lmasa hozir mingta jang yutadimi bari bir tiyin. Menga qosa, El Xeymon bilan kelishsa zor bolardi. Bu promoterning aksariyat yulduzlari aynan Qudratillo ishtirok etadigan vazn vakillari hisoblanadi
   
04 jan 10:22:10
Rossener_22
Togrisi men hayron bolmadim. Hozirgi pramoutrlari bn ishlashda davom etsa bundan kiyinam shunday boladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing