24 apr 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutyapsizmi? SHahram G'iyosovning chempionlik jangiga 3 kun qoldi
Havaskor boks bo'yicha jahon chempioni, Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori SHahram G'iyosov 26 aprel (Toshkentda 27 aprel tongi) kuni o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadigan jangda charm qo'lqop ustamizga amerikalik bokschi Emmanuel Teylor raqiblik qiladi. Jang WBA Intercontenintal chempionlik kamari uchun kechadi va 10 raunddan iborat bo'ladi.
Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof ringda 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Teylor esa 25 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 20 tasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut). Beshta jangda mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). Faoliyatidagi yagona nokautini 2017 yilning 6 may kuni Lukas Mattisdan qabul qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar