So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

04 sen 15:07
Yangiliklar

Futbol

KXDR bosh murabbiyi: "Neytral maydonda o'ynash qo'shimcha ustunlik bermaydi"

Teglar :  KXDR
JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston - KXDR uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda dastlab mehmonlar ustozi Sim Yon Nam va futbolchi Xan Kvan Son fikrlarini bildirdi.

"Saralashdagi dastlabki bahsni O'zbekistonga qarshi o'tkazamiz. Bu bosqichga etib kelgunga qadar tayyorgarlik olib bordik. Mazkur bosqich ikki jamoa uchun ham muhim va ertaga buning natijasini ko'rishimiz mumkin", - deydi KXDR ustozi.

Xan Kvan Son (KXDR terma jamoasi futbolchisi): - Albatta shu kungacha O'zbekistonning bir nechta o'yinlarini ko'rdik. Oldimizda bitta yo'l qoldi. Buning uchun borimizni berishimiz kerak.

- Qura tashlanganidan so'ng terma jamoa vakillari fikrlarini bildirib o'tishgandi. Lekin KXDR murabbiyining fikrlari elon qilinmadi. Jahon chempionati saralashidagi maqsadlaringiz qanday?

- Qura natijalariga etirozim yo'q. Guruhda kuchli raqiblar jamlangan.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida fikringiz qanday?

- Biz bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib bordik. Asosan raqibning Osiyo kubogidagi ishtiroki orqali o'zimizga yarasha tahlil qildik. Raqibni o'rganishimiz asosan Osiyo kubogidagi ishtirokiga bog'liq bo'ldi.

- Savolim futbolchiga. KXDR terma jamoasi Toshkentda suniy maydonda tayyorgarlik ko'rdi. Lekin o'yin tabiiy maydonda bo'ladi. Bu qanchalik qiyinchilik tug'diradi?

Xan Kvan Son (KXDR terma jamoasi futbolchisi): - O'z yurtimizda yog'ingarchilik bo'lganda suniy maydonda shug'ullanganmiz. O'zbekistonga kelganimizda ham malum bir sabablarga ko'ra suniy qoplamali maydonda shug'ullanishga majbur bo'ldik.


- KXDR O'zbekiston bilan so'nggi marotaba o'ynaganiga ancha bo'ldi. Bu vaqt ichida O'zbekiston qanchalik o'zgargan? Bundan tashqari KXDR terma jamoasi 2010 yil Jahon chempionatiga chiqqan. Taqqoslaganda qaysi terma jamoa kuchli?

- 2010 yilgi terma jamoa bilan taqqoslab bo'lmaydi. Hozirgi kundagi bor tarkibga etibor qaratishimiz maqsadga muvofiq bo'lardi.

- Terma jamoangiz bu bosqichdagi uy uchrashuvlarini katta ehtimol bilan Laosda o'tkazadi. Bu qanday ustunlik va kamchilik beradi?

- 10 sentyabr kungi uchrashuvni Laosda o'tkazamiz. Noyabr, mart, iyun oyidagi uchrashuvlar borasida bir qarorga kelinmagan. Neytral maydonda o'tkazish qo'shimcha ustunlik bermaydi. Biz o'zimizda bor masalliqdan yaxshi maxsulot yaratishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing