So’nggi yangiliklar

15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0

16 apr 16:58
Yangiliklar

Futbol

Islombek Ismoilov: "Maqsadlarimiz yo'lida hech bir jamoa to'siqinlik qila olmaydi"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov hamda jamoamiz futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Islombek Ismoilov:

— Raqibimiz bu bosqichga qadar yaxshi o'yin namoyish etdi. KXDR yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa. Ushbu jamoaning turnirdagi o'yinlarini tahlil qilganimizda, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlayotganiga guvoh bo'ldik. Bir qancha taktik xatolar ham kuzatilgan, biroq ularga qarshi oson o'yin bo'lmasligi aniq. O'z imkoniyatlarimizdan foydalanib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Turnir davomida jamoa ko'rsatayotgan o'yin va futbolchilar motivaciyasi haqida

— Musobaqa davomida ko'rsatayotgan o'yinimiz faqat motivaciya samarasi emas, murabbiylar shtabi va jamoa shifokorlari katta hajmda mehnat qilmoqda. Toif shahri dengiz sathidan deyarli 1900 metr balandlikda joylashgan. Bu erda futbol o'ynash oson emas. Futbolchilar doimiy ravishda intensiv va yuqori darajada o'ynay olishlari uchun birinchi navbatda to'g'ri tayyorgarlik muhim o'rin tutadi. Har bir uchrashuvdan oldin va keyin futbolchilarimiz bilan ham taktik, ham psixologik suhbatlar o'tkazamiz. Erishayotgan natijalarimiz jamoa mehnati samarasidir.

Har ikki jamoa musobaqada ko'p gol urayotgani haqida

— Ikki hujumkor jamoa o'yiniga guvoh bo'lamiz. Bizning o'z strategiyamiz va tanlagan yo'limiz bor. Maqsadimiz doim hujumkor futbol namoyish etish. O'z himoyamizni raqibning uchinchi zonasida qurishga harakat qilamiz. Bu shuni anglatadiki, jamoamiz doimiy ravishda yuqori pressingda harakat qiladi. Biz yillar davomida aynan shu uslub uchun harakat qildik. Har qanday raqibga qarshi o'yin uslubimizni o'zgartirmaymiz. To'g'ri, o'yinning borishiga qarab futbolchilarning maydondagi harakatlariga biroz o'zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Lekin asosiy g'oyamiz o'zgarmaydi. SHu bilan birga, raqibning kuchli hujum chizig'ini to'xtatishga va o'zlari uchun qulay uslubda harakat qila olmasligi uchun harakat qilamiz.

Sadriddin Hasanov:

— Ertaga KXDR jamoasiga qarshi o'yin o'tkazamiz. Uchrashuvga yuz foiz tayyormiz. Nasib qilsa, oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz yo'lida hech bir jamoa to'siqinlik qila olmaydi. Murabbiylarimiz ko'rsatmasi bilan har bir uchrashuvda borimizni beramiz va o'zimizga yuklatilgan vazifalarni mukammal tarzda bajarishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing