So’nggi yangiliklar

07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан нокаут бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0 15:02Нодирбек Абдусатторов Лондон турнирини ғалаба билан бошлади 0 14:26"Реал" 2026/27 йилги Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичига биринчи бўлиб йўл олди 0 13:59Гукеш ва Синдаров Жаҳон тожи учун баҳсдаги вақт назорати ҳақида фикр билдиришди 0 13:12Жаҳон чемпиони Қувончбек Исмоиловга уч хонали уй совға қилинди 0 12:41Жавоҳир Синдаров партия давомида ухлаётгани ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 12:10U17 Жаҳон чемпионати. Бугун Италияга қарши ўйнаймиз! 0 11:39"Бу Хабиб ва Конор ўртасидаги каби шахсий масала". Собиқ чемпион UFC'да қайси жангни ташкил этиш кераклигини айтди 0

12 okt 10:10
Yangiliklar

Futbol

Islombek Ismoilov: "Biz faqat Ronalduga emas, balki butun "Al Nassr" jamoasiga qarshi o'ynaymiz"

"Al Nassr" - "Neftchi" uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Farg'ona jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov hamda futbolchi Ikrom Aliboev bo'lajak bahs, raqibning imkoniyatlari va jamoaning tayyorgarligi haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

Islombek Ismoilov:

— Assalomu alaykum! Ertangi uchrashuvdagi raqibimiz — Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lgan "Al Nassr". Ularning tarkibida jahon futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan, yuqori saviyali va katta tajribaga ega futbolchilar to'p surishadi.

Albatta, bu biz uchun juda muhim uchrashuvlardan biri. Biz Ar-Riyodga shunchaki maydonga tushib, o'yin o'tkazish uchun emas, balki munosib natijaga erishish maqsadida keldik. Raqibning kuchini yaxshi tushunamiz, shu bilan birga, o'z imkoniyatlarimizga ham ishonamiz.

Ertangi bahsda bor kuchimiz, mahoratimiz va jamoaviy birdamligimizni ishga solamiz. Maydonda oxirigacha kurashib, chiroyli futbol namoyish etish va Farg'ona hamda butun O'zbekiston xalqini xursand qilish uchun harakat qilamiz.

Ikrom Aliboev:

— Assalomu alaykum! Murabbiyimiz takidlaganidek, ertaga Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushamiz. "Al Nassr" nafaqat tarkib jihatidan, balki moliyaviy imkoniyatlari va xalqaro tajribasi bilan ham qitamizning etakchi klublaridan biri hisoblanadi.

Biz bo'lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Raqibning kuchli jihatlarini yaxshi bilamiz va o'z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, o'yinga tayyorgarlik olib bordik. Futbolda nomlar va imkoniyatlar muhim, lekin maydonda har bir jamoa o'z o'yini va kurashi bilan natijaga erishadi.

Ertaga bor kuchimizni ishga solib, muxlislarimizni quvontiradigan natijaga erishishga harakat qilamiz. Bizning vazifamiz — maydonda borimizni berish, oxirigacha kurashish. Natija esa, albatta, Allohdan.

Jamoa bosh murabbiyiga berilgan savollar:

— "Al Nassr" jamoasining tarkibi haqida qanday fikrdasiz?

— "Al Nassr" juda kuchli futbolchilardan tarkib topgan jamoa. Ularning individual mahorati va xalqaro tajribasi yuqori ekanini yaxshi bilamiz. Biroq biz ham o'z imkoniyatlarimizga ishonamiz. Ertangi uchrashuvda raqibning kuchli tomonlarini hisobga olgan holda, o'z o'yinimizni namoyish etishga intilamiz. Asosiy maqsadimiz — maydonda munosib kurash olib borish, chiroyli futbol ko'rsatish va ijobiy natijaga erishish.

— Krishtianu Ronalduning o'yinini cheklash uchun alohida taktika ishlab chiqilganmi?

— Krishtianu Ronaldu — jahon futbolining eng yorqin julduzlaridan biri. Uning mahorati, tajribasi va gol urish qobiliyatini alohida takidlash mumkin. Biz unga hurmat bilan qaraymiz va unning imkoniyatlarini yaxshi tushunamiz. Ammo biz faqat Ronalduga qarshi emas, balki butun "Al Nassr" jamoasiga qarshi o'ynaymiz. SHu sababli asosiy etiborimiz raqibning umumiy o'yiniga, jamoaviy harakatlariga va maydondagi vaziyatlarga qaratiladi. Biz uchun eng muhimi — intizomli harakat qilish, murabbiylar shtabi belgilagan rejalarga amal qilish va jamoa sifatida o'z imkoniyatlarimizni namoyish etish.

Eslatib o'tamiz, "An-Nasr" — "Neftchi" uchrashuvi bugun, 12 oktyabr kuni Ar-Riyod shahridagi "Al-Avval Park" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing