So’nggi yangiliklar

19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0

02 apr 08:46
Yangiliklar

Futbol

Lamin Yamal diniy kamsitishlarga qarshi: "Men musulmonman, alhamdulillah!"

Teglar :  Lamin Yamal
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" yulduzi Lamin Yamal Ispaniya hamda Misr o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida (0:0) yuz bergan noxush voqeaga o'z munosabatini bildirdi.

Barselonadagi "RCDE Stedium"da o'tgan bahsda ayrim muxlislar musulmonlarni haqorat qiluvchi hayqiriqlarni ishlatishgan.

O'yinning 20-daqiqasi atrofida stadiondagi muxlislarning bir qismi "Kim sakramasa, o'sha musulmon" qabilidagi noo'rin hayqiriqlarni so'zlashgan. Lamin Yamal ushbu holatni keskin qoraladi.

"Men musulmonman, alhamdulillah! Kecha stadionda "Kim sakramasa, o'sha musulmon" degan hayqiriqlar yangradi. Bu so'zlar raqib jamoaga qaratilganini va menga nisbatan shaxsiy adovati yo'qligini bilsam-da, musulmon sifatida buni hurmatsizlik va qabul qilib bo'lmas holat deb hisoblayman.

Dindan stadionda hazil sifatida foydalanish sizni johil va irqchi qilib ko'rsatadi. Futbolda odamlarni kimligi yoki nimaga ishonishi uchun haqorat qilmasdan, o'yindan zavq olish va jamoani qo'llab-quvvatlash kerak. SHunga qaramay, bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelganlarga rahmat, Jahon chempionatida ko'rishguncha", — deb yozadi yosh iqtidor sohibi.

Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda JCH-2026 final bosqichida ishtirok etadi. Uning ushbu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing