12 apr 12:27
Yangiliklar
Futbol
Lamin Yamal Ispaniya chempionati rekordini o'rnatdi
"Barselona" klubi Ispaniya chempionatining 31-turida o'z maydonida "Espanol" jamoasini 4:1 hisobida engdi.
Katalonlar vingeri Lamin Yamal o'yinni asosiy tarkibda boshlab, bir gol urdi va ikkita golli uzatma berdi. Kechagi uchrashuv Yamal uchun La Ligadagi 100-o'yini bo'ldi. U bu natijaga 18 yoshu 272 kunligida erishdi.
SHu tariqa, Lamin "Real"ning sobiq hujumchisi Raulning rekordini yangiladi. Raul Gonsales o'zining 100-o'yinini 19 yoshu 284 kunligida o'tkazgan edi.
SHuningdek, ushbu natijaga erishgan eng yosh futbolchilar safiga Iker Muniain (19 yosh 293 kun), Xoseba Echeberriya (20 yosh 177 kun) va Boyan Krkich (20 yosh 203 kun) ham kiradi.

Havola :
Fikrlar