21 apr 08:56
Yangiliklar
Lamin Yamal navbatdagi sovrinini qo'lga kiritdi
Bu haqda mukofot matbuot xizmati o'zining X sahifasida xabar berdi.
"Bu mukofotni olishdan juda xursandman. Bu men uchun katta sharaf. Akademiyaga, oilamga, uyda akam bilan qolgan onamga, otamga, buvijonimga, hamkasblarimga, doim yonimda bo'lgan jamoamga rahmat aytmoqchiman… SHuningdek, Karlos [Alkaras]ni tabriklayman (ispaniyalik tennischi Laureus bo'yicha yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi). Men juda baxtliman va bu mukofot menga olg'a siljishga yordam beradi deb umid qilaman. Oldinda hali uzoq yo'l bor"», — dedi Yamal marosimda.
O'tgan yili Laureus Yamalni "Yil kashfiyoti" nominaciyasida g'olib deb topgan edi. Joriy mavsumda Yamal "Barselona" safida barcha turnirlarda 44 o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar