So’nggi yangiliklar

19:30Богдан Гусков Роберт Уиттакерга мурожаат қилди 0 18:51Илия Топурия: "Мақсадим — Гэтжи билан реванш, аммо..." 0 18:15"Кичкина одамни мағлуб этсам, бу менга ҳеч қандай обрў келтирмайди". Шара Буллет Царукян билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 18:10Ёшлар ўртасидаги жаҳон чемпионатига қуръа ташланди (Жуфтликлар) 0 17:42Ўзбекистон терма жамоаси Саудия Арабистони устидан ғалабадан сўнг ФИФА рейтингида бир поғона кўтарилди 0 17:05"У афсона". Асу Алмабаев бўлажак рақиби ҳақида фикр билдирди 0 16:29"Энди уларни ҳурмат қилмайман". Собиқ чемпион Нурмагомедов жамоаси ҳақида гапирди 0 15:45Сарсекбаев Қозоғистон ва Ўзбекистонда боксчиларга бўлган муносабатдаги фарқни кўрсатди 0 15:17Япония футбол ассоциацияси собиқ раҳбари ФИФА президентлиги сайловларида иштирок этиш учун ариза топширди 0 14:50UFC'да Асу Алмабаевнинг чемпионлик учун курашиш имконияти ҳақида гапирилди 0 14:24Шаҳрам Ғиёсов барча даврларнинг энг яхши боксчиси ким эканини айтди 0 13:44UFC P4P рейтинги янгиланди: Харрисон Шевченкони ортда қолдирди, Ган Топ-10`да! 0 13:13"Манчестер Сити" Ҳоландни 175 миллион еврога сотишга тайёр 0 12:42Россияни четлаштирган халқаро хоккей федерацияси сайти бузиб кирилди 0 12:11Чимаев чемпионлик унвонини ҳимоя қилади. Рақиб собиқ UFC чемпиони + ПОСТЕР 0

19 noy 11:43
Yangiliklar

Boks/MMA, Parij-2024

Lazizbek Mullojonov to'liq prof boksga o'tdimi? Bunga uning o'zi javob berdi

Teglar :  Lazizbek Mullojonov
MOQ matbuot xizmati Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullojonov bilan kichik intervyu o'tkazdi.

– Olimpiada tugaganiga 3 oydan o'tdi. Bazilar terma jamoa tarkibidagi mashg'ulotlarni allaqachon boshlab yubordi. Siz qachon yig'inlarga qo'shilasiz?

– Qisqa muddatli tatildan so'ng terma jamoa yig'iniga qaytaman. Hozirda jamoamiz Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'ryapti. Ushbu musobaqadan so'ng terma jamoa yig'inlariga qo'shilaman.

– Olimpiada chempionligidan keyin professional boksga to'liq o'tish fikri uyg'onmadimi? O'zi xalqaro promouterlik kompaniyalardan jiddiyroq taklif tushdimi?

– Parijdagi g'alabamdan so'ng professional boksga butkul o'tish fikri uyg'onmadi. Ikkisini birdek olib bormoqchiman. Maqsadim Vatanim uchun ikkinchi marotaba Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lish.

– Toshkentda o'tgan jahon chempionati va Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida ancha qiziqqon, emociyalarga ko'p beriluvchi Mullojonovni ko'rgandik. Biroq Parij Olimpiadasida buning aksiga guvoh bo'ldik. Qisqa vaqt ichida nima sizni bunchalik o'zgartira oldi?

– Jahon chempionatida 3-o'rinni qo'lga kiritganim va Osiyo o'yinlarida chorak finalda yutqazganimdan keyin hissiyotlarni jilovlab oldim. CHunki, ular bazi paytda sportchiga qarshi ishlashi mumkin. SHuning uchun bor etiborni Olimpiada licenziyasiga va undagi janglarga qaratdim. Maqsadim oltin medal edi va unga erishdim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing