16 may 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Lazizbek Mullojonovning Toshkentdagi jangi chempionlik kamari uchun bo'ladi
29 may kuni Toshkent shahridagi Humo Arena majmuasida yirik professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Turnir kardida havaskor boks bo'yicha Parij–2024 Olimpiya o'yinlari g'olibi, hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov venesuelalik tajribali bokschi Luis Xose Marin Garsiyaga qarshi ringga ko'tariladi.
Malum bo'lishicha, 10 raundga mo'ljallangan mazkur jang WBC Eurasia chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Turnirning markaziy jangi esa super engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ishtirokida o'tadi.
Malumot uchun, Mullojonov professional boksdagi faoliyatida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Garsiya hisobida esa 17 ta g'alaba va 12 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar