04 dek 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Lebedev chempionlik kamarini Gassievga boy berdi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi og'ir vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun bo'lib o'tdi.
Unda ushbu chempionlik tituli sohibi, rossiyalik Denis Lebedev (29-3-0, 22 KO) hamyurti Murat Gassiev (24-0-0, 17 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raund davom etgan chempionlik jangi yakunida Gassiev hakamlarning bergan bahosiga ko'ra g'alaba qozondi. Hakamlardan biri Lebedevning 114-113 hisobidagi g'alabasini taminladi.
Qolgan ikki hakam 116-112 va 116-111 hisobida g'alabani Murat Gassievga taqdim etdi. Bu bilan u IBF chempioniga aylandi.
Havola :
Fikrlar