16 avg 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/81115_220.jpg)
Lennoks Lyuis Joshuaga javob qaytardi
Superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuis hamyurti Entoni Joshuaga javob qaytardi.
“Joshuaning gaplaridan xayratga tushdim, lekin u nega bunday deganini tushunaman. Bularning barchasi men uning jamoasini Uaylderga qarshi jangni tashkil etmagani uchun tanqid qilganimdan boshlangan.
Men hamisha Entonini tanqid qilish bilan birga maqtaganman ham. Fyuri hamda Uaylderga ham shunday munosabatdaman. Men o'z fikrimdan qaytmayman”, - dedi Lennoks.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Joshua sobiq mutlaq jahon chempionini yoshlarni juda ko'p tanqid qilishda keskin tarzda ayblagandi.
Havola :
Fikrlar