09 mar 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Lennoks Lyuis Mayk Tayson bilan jang qilishga tayyor
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis qanday holatda ringga qaytishi haqida gapirdi.
"Men doimo 100 million dollar evaziga boksga qaytishga tayyor ekanligimni aytib kelganman. Agar jiddiy aytayotgan bo'lsangiz, agar sizga Tayson bilan ikkinchi jang kerak bo'lsa menga chekni ko'rsating", - dedi Lennoks Lyuis.
Eslatib o'tamiz, Lennoks Lyuis 2002 yilning iyun oyida bo'lib o'tgan jangda Mayk Taysonni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar