06 avg 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Lennoks Lyuis Ruis - Joshua jangida kim g'olib bo'lishini aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuis Endi Ruis hamda Entoni Joshua revansh jangi haqida fikr bildirdi.
"Agar Entoni Joshua birinchi jangdagi xatolarini anglab etmasa, ikkinchi jangda ham Ruis qiyinchiliksiz g'alaba qozonadi. Joshua dastlabki jangda Ruisning ishini o'zi osonlashtirib bergandi. Sababi, birinchi jangga to'liq tayyorgarlik ko'rmagandi, Ruisni mensimasdan jang qilgandi. Jangni Meksikada bo'lishini istardim. Sababi, ularda birinchi marta chempion paydo bo'ldi. Hech qachon bunday voqea yuz beradi deb o'ylamagandim",-dedi Lennoks Lyuis.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar