29 jan 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Leo Santa Krus revansh jangida Fremptonni mag'lub etdi
AQSHda o'tkazilgan professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida WBA (Super) chempionlik kamari uchun kechdi. Unda 29 yoshli Karl Frempton meksikalik 28 yoshli Leo Santa Krusga qarshi ringga ko'tarildi.
Ushbu 12 raundga mo'ljallangan revansh jangida Santa Krus raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlarning ikki nafari 115-113 hisobida g'alabani Santa Krusga taqdim etdi. Uchinchi hakam jang 114-114 hisobida durang natija bilan yakunlanganini malum qildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar