05 jan 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Leo Santa Krusni superjanglar kutyapti
Professional boksning yarim engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Leo Santa Krus 2019 yilgi mavsum rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Krus 16 fevral kuni chempionlik kamarini Migel Floresga qarshi kechadigan jangda himoya qilishi kerak. Leo 2019 yilda kamida uchta jangda ringga ko'tarilishi haqida malumot berdi.
U 2018 yilda bor yo'g'i bitta, 2016-2017 yillarda ikkitadan jang o'tkazgan. Santa Krusning asosiy rejasi WBC chempioni Geri Rassell yoki IBF chempioni Josh Uorringtonga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilish.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar