20 mar 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Leon Edvards Usman bilan revansh jangi haqida: "Kamaru ancha kuchaygan, men ham"
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioniligiga davogar Leon Edvards Kamaru Usman bilan bo'lajak revansh jangi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, ular 2015 yilning dekabrida to'qnash kelishgan va nigeriyalik jangchi g'alaba qozongan. Yarim o'rta vazn toifasidagi ikkinchi jang 2022 yilning iyul oyida bo'lib o'tadi.
“Usmanga yutqazganimga olti yoki etti yil bo'ldi. Undan o'ch olib chempionlikni qo'lga kirita olsam juda yaxshi bo'ladi.
Birinchi jangimizdan so'ng Kamaru ancha kuchaydi, men ham shunday”,- dedi britaniyalik.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar