16 dek 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Lesnar bir yilga chetlatilib, 250 ming dollar jarima solindi
Aralash qoidalar bo'yicha sobiq UFC chempioni Brok Lesnar bir yilga chetlatilib, jarimaga tortildi.
Nevada shtati Sport komissiyasi og'ir vazn toifasidagi jangchini bir yilga barcha sport musobaqalaridan chetlatdi. SHuningdek, u 250 ming AQSH dollari miqdoridagi jarimaga ham tortildi.
Undan UFC 200 turniri doirasida olingan doping tahlili ijobiy natija bergan. O'shanda Lesnar Mark Xantni mag'lubiyatga uchratgan edi. SHu bilan birga jang natijasi ham bekor qilinib, o'tkazilmagan deb topildi.
Endi Lesnar 2017 yilning iyul oyida jang o'tkazishi mumkin.
Havola :
Fikrlar