21 iyu 15:26
Yangiliklar

Levandovski 2026 yilning yozida Saudiya Arabistoniga o'tishi mumkin
Robert Levandovski 2026 yil yozida Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishi mumkin. Bu haqda Al-Riyadiyah nashrining malumotlariga asoslanib, Diario Sport xabar bermoqda.
"Barselona" hujumchisi o'z vakillariga Kataloniya klubi bilan shartnomasi tugaganidan so'ng faoliyatini Osiyoda davom ettirmoqchi ekanligini aytgan. Takidlanishicha, hozirda Saudiya Arabistoni klublari bilan shartlar bo'yicha muzokaralar olib borilmayapti. Levandovski asosiy etiborini "Barselona"dagi kelgusi mavsumga qaratgan, bu uning amaldagi shartnomasi bo'yicha so'nggi mavsum bo'lishi kutilmoqda. Tomonlar shartnomani uzaytirishni rejalashtirishmayapti.
Hujumchi o'tgan mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, 42 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar