14 apr 11:01
Yangiliklar
Futbol
"Lids" 45 yillik nohush ananaga chek qo'ydi
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi 32-turida "Lids Yunayted"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
SHu tariqa "qizil iblislar" 1981 yildan beri ilk bor "Old Trafford"da "Lids"ga chempionat o'yinida yutqazdi.
Avvalgi marta mankunianliklar o'z maydonida yorkshirliklarga 1981 yil fevralda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi. O'sha mavsum yakunlariga ko'ra "Manchester Yunayted" chempionat jadvalida 8-o'rinni, "Lids Yunayted" esa 9-o'rinni egallagan.
APL-2025/2026 mavsumi 32-turidan keyin "Manchester Yunayted" 55 ochko bilan uchinchi o'rinda qoldi. "Lids" 36 ochko bilan 15-o'rinda turibdi.

Havola :
Fikrlar