11 noy 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Lima chempionlik kamarini Koreshkovdan qaytarib oldi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim o'rta vazn toifasida Bellator chempioni Andrey Koreshkov o'z titulini himoya qila olmadi.
Isroilning Tel-Aviv shahrida o'tkazilgan Bellator 164 shousi doirasida u sobiq jahon chempioni Duglas Limaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Koreshkov uchinchi raundda ketma-ket zarbalarni yo'llab, g'alabaga yaqin kelgandek bo'lgandi. Lekin Lima chap qo'lda yo'llagan xuk zarbasi evaziga raqibini nokautga uchratdi.
SHu tariqa, Lima chempionlik kamarini qaytarib oldi. Duglas 2015 yilning iyul oyida aynan Koreshkovga yutqazib, chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar