16 jan 19:10
Yangiliklar
Livan - Xitoy uchrashuvida o'zbekistonlik hakamlar ishlaydi
"A" guruhidan o'rin olgan Livan va Xitoy o'rtasidagi bahsni koreyalik Ko Xyun Jin boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Qanotlarda unga hamyurtlari Park Sang Jun va Kim Kyong Min yordam berishadi. O'zbekistonlik Ilgiz Tantashev zaxira hakami vazifasini bajarsa, Andrey Capenko beshinchi hakam bo'ladi.
Osiyo kubogi, 2-tur
Livan - Xitoy
17 yanvar 2024 yil. "Al Tumama" stadioni. 16:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Ko Xyun Jin (Koreya Respublikasi)
Qanot hakamlari: Park Sang Jun, Kim Kyong Min (ikkalasi Koreya Respublikasi)
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Beshinchi hakam: Andrey Capenko (O'zbekiston)
VAR: Kim Jong Xyok (Koreya Respublikasi)
AVAR: Kim Xi Gon (Koreya Respublikasi).
Eslatib o'tamiz, Ilgiz Tantashev va Andrey Capenko kechagi Indoneziya - Iroq uchrashuvida ham ishlashdi.
Fikrlar