17 dek 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA

LIVE. Finalda JCH sovrindorini mag'lub etgan Bobousmon O'zbekiston chempioniga aylandi
Samarqand shahrida boks bo'yicha O'zbekiston chempionatining final janglari bo'lib o'tmoqda.
Bungacha bir necha vazn toifasida mamlakat chempionlari aniqlandi.
Kunning eng shiddatli jangi -69 kg vazn toifasida tashkil etildi. Finalda jahon chempionati sovrindori, Osiyo o'yinlari g'olibi Iqboljon Xoldorov va Osiyo o'yinlari chempioni Bobousmon Baturov to'qnash keldi. Qizg'in kechgan bahs yakunlariga ko'ra Bobousmon raqibini 3:2 hisobida mag'lub etdi va O'zbekiston chempioniga aylandi.
Ushbu vaznda Fazliddin Meliboev va Jahongir Rahmonov bronza medaliga ega chiqishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar