05 iyu 13:50
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" Jotaning oilasiga futbolchi bilan shartnoma bo'yicha to'liq summani to'lab beradi
"Liverpul" Diogu Jotaning o'limiga qaramay, u bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga qaror qildi.
Futbolchi shu hafta Ispaniyada YTHda halok bo'ldi. U bilan birga ukasi ham olamdan o'tdi.
APL chempioni hujumchining oilasiga 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bo'yicha to'liq pulni to'laydi. 2024-2025 yillarga ko'ra, Diogu Jotaning "Liverpul"dagi maoshi haftasiga 140 ming funtni tashkil qilgan.
Jota 2020 yil sentyabr oyida "Liverpul" futbolchisiga aylandi. U klub safida jami 182 ta o'yinda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va 26 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Havola :
Fikrlar