16 jan 15:05
Yangiliklar
"Liverpul"ga Qatardan jiddiy qiziqish bor
Rasmiy taklif allaqachon yuborilgan. Qatarlik insayder Muhammad Said Alkaabining malum qilishicha, "qizillar" "Manchester Yunayted"ning yo'lidan yurib qatarlik investorlar uchun asosiy maqsadlardan biriga aylanmoqda.
Mersisaydliklar egalari "Fenway Sports Group" klubni to'liq sotib yuborishni istamayapti. Buning o'rniga "Liverpul"ning malum bir kichikroq ulushiga sarmoya kiritilishi afzal ko'rilmoqda.
Jamoada ham jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirish zarurati tug'ildi. Bir necha yarim himoyachilarning etishmayotgani ko'rinib qolmoqda. SHu tufayli klubning ayni paytdagi egalari bu variantning tarkibni kuchaytirishda bo'ladigan ijobiy tasirini o'rganib chiqmoqda.
Agar taklif faqat mamlakat xususiy sektoridan berilsa ham Qatar hukumati bilan muqarrar aloqalar paydo bo'lishi aniq. Bu esa ko'pchilikda ushbu kelishuv klub qadriyatlariga mos bo'layotganiga shubha uyg'otadi.
Fikrlar