30 mar 17:15
Yangiliklar
"Liverpul"ning yangi mavsumdagi murabbiyi malum
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati bu mavsumdagi natijalarga qaramay, unga to'liq ishonishda davom etmoqda.
Mersisaydliklar murabbiyni o'zgartirishni o'ylamayapti. Buning o'rniga klub o'z murabbiyini qo'llab-quvvatlash va unga yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida yanada ulkan maqsadlarga erisha oladigan tarkibni taqdim etish niyatida.
Takidlanishicha, "Liverpul" rahbariyati Slot bilan birgalikda keyingi bir necha yil uchun rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda. Murabbiy tarkibni shakllantirishda ishtirok etadi va yangi o'yinchilarni tanlashda muhim rol o'ynaydi.
Niderlandiyalik mutaxassis "Liverpul"ni 2024 yilda qabul qilib oldi. Jamoa o'zining debyut mavsumida muvaffaqiyatga erishdi va 2019/2020 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Angliya Premer-ligasida g'olib chiqdi. "Qizillar" joriy chempionatda 31 turdan so'ng turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar