22 iyu 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Lobov: MakGregor revanshda Nurmagomedovni mag'lub etishiga ishonaman
UFCning sobiq jangchisi Artyom Lobov Konor MakGregor va Xabib Nurmagomedov qarama-qarshiligi haqida gapirdi.
"Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, Konor va Dias o'rtasidagi jangda nima bo'lgandi? Konor xatosi qanday ekanligini tushunib etgandan so'ng uslubini o'zgartirgan va aql bilan ish qilgandi. Strategiyani o'zgartirib, mashg'ulotlarni boshqacha tarzda tashkil qilgan. Yakunda esa Konor g'olib bo'lgan.
Muxlislar raqobatni noto'g'ri tushuna boshlashdi. Mag'lubiyatlarda muammolar ko'rmayapman. Sizga avval mag'lub bo'lgan yoki bo'lmagangingizga qarab baho berishmoqda. Ishonamanki, Konor revanshda Xabibni mag'lub etadi", - dedi Lobov.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar