06 may 08:52
Yangiliklar
Tennis
Lois Buasson o'z yurtida chempion bo'ldi
Franciyaning Sen-Malo shahrida tennis bo'yicha WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tdi.
Hal qiluvchi final bahsida WTA reytingida 191-pog'onada borgan franciyalik Lois Buasson dunyoning 149-raketkasi bo'lib kelgan vatandoshi Xloy Pakega qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Lois irodali g'alabaga erishdi - 4/6, 7/6(3), 6/3.
Buasson tennischilarning o'zaro uchrashuvida hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Lois 1, Pake 3 ta eys zarbasini ijro etgan. Qo'shxatolar chempionda ancha ko'p bo'ldi - 9 ga 1. Buasson 7, Xloy 6 ta breykni amalga oshirgan. CHempion 125 reyting ochkosi va 13,040 evro mukofot puliga ega bo'ldi. Pake esa 81 ochko hamda 6,960 evroga chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar