31 jan 14:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko 12 aprel kuni AQSHda ringga ko'tariladi
Ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko engil vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo'lishni maqsad qilgan.
Lomachenko ayni paytda WBA va WBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turibdi.
“Oldimda bir nechta variantlar turibdi. Birinchi galda WBA chempionlik kamarim uchun majburiy davogar britaniyalik Entoni Krolla. Ikkinchi variant - IBF chempionlik kamariga davogarlar - Isa CHaniev va Richard Kommi o'rtasidagi jang g'olibi bilan to'qnash kelish.
Katta ehtimol bilan CHaniev yoki Kommiga qarshi IBF chempionlik kamari uchun jang o'tkazaman. Bir so'z bilan aytganda, o'z vazn toifamda mutloq jahon chempioni bo'lishni maqsad qilganman. Ikki haftadan so'ng AQSHga qaytaman. 12 aprel kuniga jangim belgilangan”, - dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar