07 fev 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko birlashtiruvchi chempionlik jangida Sosa bilan to'qnash keladi
Professional boksning birinchi engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko (7-1, 5 KO) birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqadi.
Uning raqibi shu vaznda WBA yo'nalishi chempioni Jeyson Sosa bo'ladi. Lomachenko ushbu jang shartnomasiga imzo chekdi. Bu malumotni amerikalik promouter Rassel Pelc ham tasdiqladi.
Malumot uchun, mazkur chempionlik jangi 8 aprel kuni AQSHning Merilend shahridagi yangi qurilgan MGM National Harbor arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar