03 may 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko Devis sabab birinchi engil vaznga qaytishi mumkin
Engil vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko birinchi engil vazn toifasiga qaytishi mumkin.
Ukrainalik bokschi ushbu vaznda WBA chempioni bo'lib turgan Jervonta Devis bilan jang qilish uchun ham vaznini o'zgartirmoqchi.
“Devis men o'zimni juda yaxshi xis qiladigan vazn toifamda jahon chempioni bo'lib turibdi. Bu vaznda barcha kamarlarni o'z qo'limda birlashtira olmaganim uchun ketgan edim. Devis men ketishim hamonoq katta gapirishni boshladi.
SHu sababli ham vaznimni 61 kilogrammga etkazib, Devis bilan hisob-kitob qilib olaman. Keyin yana 59 kilogramm vaznga qaytib, barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritaman”, - dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar