11 dek 09:17
Yangiliklar

Lomachenko dunyoning eng kuchli bokschilari reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarildi
Ushbu reyting dunyoning eng kuchli bokschilarining vazn toifasidan qatiy nazar tuzib chiqilgan. Ukrainalik jahon chempioni kecha Nyu-York shahrida endilikda ikkinchi engil vaznda sobiq WBA chempioni Gilermo Rigondoni muddatidan avval mag'lub etgan edi.
Ushbu g'alaba havaskor boks bo'yicha ikki karra Olimpiada chempionining reytingda ikkinchi o'ringa ko'tarilib olishini taminladi. Mazkur reytingni o'rta vazn toifasi vakili meksikalik Saul “Kanelo” Alvares boshqarib turibdi.
BoxRec Top-10 reytingi:
1. Saul Alvares (Meksika) o'rta vazn – 988 ochko
2. Vasiliy Lomachenko (Ukraina) ikkinchi yarim engil – 861
3. Gennadiy Golovkin (Qozog'iston) o'rta vazn – 857
4. Terens Krouford (AQSH) birinchi yarim o'rta vazn – 851
5. Srisaket Sor Rungvisai (Tailand) ikkinchi engil vazn – 778
6. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya) superog'ir vazn – 670
7. Migel Berchelt (Meksika) ikkinchi yarim engil vazn – 629
8. Kit Turman (AQSH) yarim o'rta vazn – 624
9. Luis Neri (Meksika) engil vazn – 616
10. Jeff Xorn (Avstraliya) yarim o'rta vazn – 616
Fikrlar