13 apr 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko endi kimga qarshi jang qilishni istashini aytdi
Ukrainalik bokschi Entoni Krollani mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'ng elkamni tuzalishiga yordam bergan shifokorimga minnatdorchilik bildirishni istardim. Endilikda yana qaytib, to'liq kuch bilan jang qila olaman. Ushbu jang davomida meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Rahmat!
Keyingi raqibim? Bilmayman, Mayki Garsiyaga qarshi jang qilishni istardim, ammo yana ko'ramiz hali. Hozircha bilmayman", - dedi Vasiliy Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko bugun Entoni Krollaga qarshi jang qildi va uni to'rtinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar