28 iyu 06:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko faoliyatidagi eng qiyin jangni esga oldi
Bugungi kunning eng kuchli bokschilaridan biri Vasiliy Lomachenko faoliyatidagi eng qiyin bahsni esladi.
“Faoliyatimdagi eng qiyin jangni Xorxe Linaresga qarshi o'tkazganman. Sababi, men u bilan bitta qo'l bilan jang qilgandim. Birinchi yoki ikkinchi raunddan so'ng elkamni sindirib olgandim.
SHu boisdan ham men o'n qo'l xuk zarbamdan faqatgina 50 foizidangina foydalanganman. Xorxega qarshi jangda bir necha marta nokdaun holatiga ham tushib qolganman. SHulardan kelib chiqib ham Linaresga qarshi jangimni faoliyatimdagi eng murakkabi deb bemalol ayta olaman”, - dedi Lomachenko.
Malumot uchun, Vasiliy Lomachenko Xorxe Linaresga qarshi 2018 yilning 12 may kuni ringga ko'tarilgan. Jangning o'ninchi raundida Vasiliy raqibini nokaut qilishga erishgan edi.
Havola :
Fikrlar