18 dek 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko faoliyatidagi eng qiyin raqib haqida gapirdi
Boks bo'yicha ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko professional boksda qaysi raqibga qarshi jang qiyin bo'lgani haqida gapirib o'tdi.
"Eng qiyin raqib kim edi? Menimcha, Salido. CHunki, unga mag'lub ham bo'lganman. Ammo, bu jismoniy tomonlama emas, ruxiy tomonlama qiyin jang bo'lganligini bildiradi.
Umuman olganda, barcha janglar ruxiy tomonlama qiyin kechadi. Jangga bir hafta qolganida natijani o'ylab bosim ostida qola boshlaysan. SHuning uchun, aynan qaysidir jangni ajratib o'tirishni istamasdim. Ularning barchasi qiyin", - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko prof ringdagi faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazgan va ularning 12 tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda Orlando Salidoga mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : Independent.ie
Fikrlar