22 fev 15:39
Yangiliklar

Lomachenko faoliyatini necha yoshda yakunlashi mumkinligini aytdi
Ammo, buning uchun u mutlaq jahon chempionligiga erishishi lozim.
"Maqsadim - bitta vazn toifasidagi barcha kamarlarni birlashtirish va undan keyin faoliyatimni yakunlash. Men mutlaq chempion bo'lganimdan so'ng nima qilishim kerak? Boks bu sport, u chempionlarga "vyzov" tashlash bilan qiziq. Mutlaq chempion bo'lgandan kim bilan jang qilish kerak? Men faoliyatimni 33 yoshda ham tugatishga tayyorman. Ilk marotaba 5 yoshimda boks qo'lqoplarini kiyganman. SHundan keyin hayotimni boks egalladi. Ammo, har narsaning chegarasi bor", - dedi ukrainalik bokschi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Lomachenko bugungi kungacha uchta vazn toifasida sovrinlar yutgan. Keyingi jangini u WBA yo'nalishidagi asosiy davogar Entoni Krollaga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar