23 dek 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25334_220.jpg)
Lomachenko Garsiya bilan jangga tayyor
"Top Rank" kompaniyasi rahbari Bob Arum Mayki Garsiyaning so'zlariga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
Bokschi o'z intervyularidan birida Arum o'zining Lomachenkoga qarshi ringga chiqishiga yo'l qo'ymasligini aytib o'tgandi.
"U nimalar deyapti? Bizning eshigimiz doimo ochiq. Garsiya oldizmiga kelib bu haqida bemalol malum qilishi mumkin. Jangga chaqirishmayotgani uchun u aqldan ozay deyapti. Aslida uning navbatdagi raqibi aniq. Lekin, u katta talablar bilan kelmasa, biz u bilan kelishishga tayyormiz.
Lomachenko sekin harakat qiladigan Garsiyani mag'lub eta olishini aytyapti. Vasiliy bu jangni istayapti. Garsiya faqat qo'ng'iroq qilib, narxni aytishi kerak. Agar kelisha olsak, to'qnashuv albatta bo'lib o'tadi", - dedi Arum.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar