06 avg 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko kamroq gonorar evaziga ham jang qilishga tayyor
Bu haqida promouter Bob Arum aytib o'tdi.
"Biz Lopesga taklif qilinayotgan gonorarni ikki barobar ko'paytirdik. Bu shu paytgacha olgan pullari ichida eng kattasi bo'ladi. Ular 3 million dollar olishni istashdi. Ammo bu aqlga sig'maydi.
Lomachenkoning shartnomasi bor. U esa bizga yordam berib bo'ldi. U shartnomada ko'rsatilganidan kamroq pullar evaziga jang qilishga tayyor. CHunki vaziyatni tushunib turibdi. Men ushbu biznesga pul yo'qotish uchun kelmaganman. Agar ular shartnomaga qo'l qo'yishni istashmasa men xech nima qila olmayman. Keyingisi", - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ushbu jang 3 oktyabr sanasiga belgilanishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar