12 dek 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko kimga qarshi jang o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
Engil vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko ushbu diviziondagi barcha chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirishni maqsad qilgan.
SHuningdek, ukrainalik bokschi vaznini ko'tarib, bitta yuqori vazn toifasiga o'tishni ham maqsad qilmoqda.
“Raqiblarim mendan gavda tuzilishi jihatida kattaroq. SHu sababdan ham bu vaznda uzoq qolib ketmasam kerak. Lekin hozirgi asosiy vazifam - barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritib, mutloq jahon chempioni bo'lish!
Birinchi galda so'nggi paytlarda juda ko'p gapirib yuborayogan Jervont Devis bilan uchrashishni istayman. Keyin ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBC chempioni Migel Bercheltga qarshi jang o'tkazish haqida ham o'ylayapman”, - dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar