13 apr 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko Krollani nokautga uchratdi
WBA va WBO yo'nalishi engil vazn toifasi chempioni Vasiliy Lomachenko bugun britaniyalik Entoni Krollaga qarshi jang o'tkazdi.
Lomachenko AQSHning Los-Anjeles shahrida kechgan jangning to'rtinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va muddatidan avval g'alaba qozondi.
Bu Vasiliy uchun prof ringdagi 13-g'alaba bo'ldi. Uning hisobida bitta mag'lubiyat ham bor. Krolla hisobida esa 34 ta g'alaba, 7 ta mag'lubiyat va 3 ta durang mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar