12 avg 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko Lopesga qancha pul bermoqchi ekanligi malum qilindi
Vasiliy Lomachenkoning jamoasi Teofimo Lopesning jamoasi bilan mutlaq chempionlik jangini tashkil etish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ayni payda asosiy muammo sifatida Lopesning 1,25 million dollar evaziga jang qilmasligi ko'rilmoqda. Bu holatda Lomachenko 3 million dollar olishi lozim.
Lomachenko ushbu jarayonni tezlashtirmoqchi va o'z gonorarining malum qismini Lopesga berishga tayyor. Unga ko'ra, Lomachenko 500 000 dollarini Lopesga berishga tayyor. Agar bu amalga oshadigan bo'lsa ukrainalik bokschi 2,5 million dollar daromad oladi.
Agar Lopes bilan kelishuv amalga oshmasa Top Rang Lomachenko uchun zaxira variantini tayyorlamoqda. Bu puerorikolik Feliks Verdexo bo'ladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar