29 iyu 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko Meyvezer bilan jang qilish istagini bildirdi
Engil vazn toifasida WBA va WBO chempionlik kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko engilmas Floyd Meyvezerga qarshi jang qilish istagi borligini malum qildi.
“Agar qachonlardir vaznimni o'zgartirsam va kim bilan jang qilishni istaysan deb so'rashsa, Floyd Meyvezer deya javob bergan bo'lardim. Sababi u haqiqiy afsona. Faoliyatini mag'lubiyatsiz o'tkazgan kam sonli bokschilardan biri”, - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko navbatdagi jangini 31 avgust kuni Londonda britaniyalik Lyuk Kempbellga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar