23 iyu 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko muaytay bilan shug'ullanmoqda VIDEO
Engil vazn toifasida WBO va WBA kamari sohibi Vasiliy Lomachenko keyingi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Loma mashg'ulotlarni o'zgacha uslubda olib borishga qaror qildi. Bu safar chempion mashg'ulotlarni boks qoidalarida emas, balki muaytay uslubida olib bordi. Unga mashg'ulotlarda muaytay bo'yicha to'rt karra jahon chempioni Mexdi Zatout ko'mak berdi.
Mashg'ulotlar yakuniga etkanidan so'ng Vasiliy o'zining Instagramm sahifasida:«Muay-tay bo'yicha dastlabki ko'nikmalar uchun rahmat senga Mexdi Zatout»,-deb xabar qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko keyingi jangini 31 avgust kuni WBC kamari sohibi Lyuk Kempbellga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar