25 dek 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25447_220.jpg)
Lomachenko muxlislardan keyingi raqibini tanlab berishlarini so'radi
Professional boksning ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko (10-1, 8 KO) muxlislardan navbatdagi raqibi nomini aniqlab berishlarini so'radi.
Bu haqda ukrainalik chempion Twitter ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi orqali elon berdi. O'ziga xos so'rov 30 dekabr kunigacha davom etadi.
Lomachenkoga taklif etilgan bokschilar ro'yxati:
Migel Berchelt (32-1, 28 KO) – ikkinchi yarim engil vaznda WBC chempioni
Jervont Devis (19-0, 18 KO) – ikkinchi yarim engil vaznda IBF chempioni
Xorxe Linares (43-3, 27 KO) – engil vaznda WBA chempioni
Mayki Garsiya (37-0, 30 KO) – engil vaznda WBC chempioni
SHu vaqtgacha so'rovnomada 28 000 nafardan ziyod boks muxlislari ishtirok etib,
o'z ovozlarini berib ulgurishdi. Ularning aksariyati Garsiya va Devisni Lomachenkoning
navbatdagi raqibi sifatida ko'rishyapti.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar