13 apr 20:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko o'ng qo'lini sindirib oldi
Engil vaznda WBA va WBO kamari sohibi Vasiliy Lomachenko Entoni Krolla bilan bo'lgan jangda o'ng qo'lini sindirib oldi.
«Krollani nokaut qilgan paytimda, men o'ng qo'limni sindirib oldim. Ertaga qo'limni shifokorlarga ko'rsataman, lekin aniq yuz foiz singan. Davolanishimga qancha vaqt kerak? Buni bilmadim, olti-sakkiz hafta ketsa kerak»,- dedi Vasiliy Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko to'rtinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar