23 jan 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko-Pakyao. Vasiliy aprelda jang qiladi, Pakyao esa...
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum Vasiliy Lomachenkoning Menni Pakyaoga qarshi jangi borasida gapirib o'tdi.
"Hozirda bu jangning iloji yo'q. CHunki, Lomachenkoning otasi shunday fikrda. U Vasiliyning o'z vaznini birdaniga ikkita divizionga ko'tarishiga qarshi. Bu to'qnashuv qachondir bo'ladi, lekin yaqin orada emas.
Bokschilar ishtirokidagi navbatdagi jang qachon bo'ladi? Qancha tez bo'lsa shuncha yaxshi. Lomechenko aprel oyida jang o'tkazadi", - dedi Arum.
Ammo promouter Pakyaoning qachon va kimga qarshi jang qilishi haqida hozircha nimadir degani yo'q.
Avvalroq, olamsport.com sayti o'zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov aprel oyida Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkinligi haqida xabar qilgandi.
Havola :
Manba : BoxingTalk
Fikrlar