01 fev 08:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko qolgan uch yo'nalish chempionlarini jangga chorladi
Professional boksning ikkinchi engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko qolgan yo'nalishlardagi chempionlik kamarlarini ham o'ziniki qilib olmoqchi.
Ukrainalik bokschi rasman qolgan uchta yo'nalish chempionlarini jangga chorladi.
“Korrales, Berchelt va Devis. Tez orada men sizlarning chempionlik kamarlaringiz uchun kelaman”, – deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Lomachenko.
Malumot uchun, Migel Berchelt WBC, Jervonta Devis IBF, Xesreel Korrales esa WBA yo'nalishi chempioni bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar