27 jan 12:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko Rigaga Usikni qo'llab-quvvatlash uchun keldi
Xabar berganimizdek, bugun Latviya poytaxti Riga shahrida Butunjahon boks Superseriyasi doirasidagi dastlabki yarim final jangi o'tkaziladi.
Unda birinchi og'ir vazn toifasida WBO chempioni ukrainalik Aleksandr Usik shu vaznda WBC yo'nalishi chempioni latviyalik Mayris Briedisga qarshi ringga ko'tariladi.
Ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgan ukrainalik Vasiliy Lomachenko hamyurtini qo'llab-quvvatlash maqsadida Rigaga etib keldi. O'z o'rnida Usik ham bir necha bor Lomachenkoning janglariga borgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar